![]() |
«PSJ» klubi rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga «Bayer» ustozi Xabi Alonsoni olib kelmoqchi.
"RMC Sport" tarqatgan xabarga ko'ra, "Pari Sen-Jermen" ispaniyalik murabbiy bilan dastlabki muzokaralarni boshladi. Ammo parijliklar bu borada ikkita to'siqqa duch kelishmoqda.
Birinchidan, Alonsoning o'zi Karlo Anchelotti «Real»dan ketganidan "Qirollik klubi"ni boshqarishni istamoqda. Ikkinchidan, «Bayer» Xabi bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Xabi Alonsoning leverkuzenliklar bilan shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi. "Bayer" Bundesliganing joriy mavsumida yakunlanishiga 1 tur qolganida 50 ochko 6-pog'onani egallab turibdi. Jamoa Evropa ligasining joriy mavsumida yarim finalgacha etib borib, final ostonasida "Roma"ga imkoniyatni boy berdi.
Manba: stadion.uz
Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»