Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 02:51
KirishRo'yxatdan o'tish
«PSJ» nima uchun finalga chiqa olmadi. Davron Fayzievdan tahlil
  5 May, 06:15  28

.

"Manchester Siti" haqli tarzda g'alaba qozondi va o'z tarixida birinchi bor finalga chiqdi. Gvardiola necha yillik mehnati samarasini ko'rsatdi. Finalda yutqazsa ham undagi ishtirok tarixiy natija bo'lib qoladi. Yarim finalda ustun kelishning asosiy omili - tartib intizom! Anatyura va tavakkalchilikni nol darajaga tushirish. Murabbiy qo'li shubhasiz. Shuningdek, De Bryuyne, Mahrez, Diash, Diash, Foden, Gyundogan, Zinchenkoning maksimal darajasini kerakli paytda ko'rsatgani.

"PSJ" balki mavsumning eng yorqin futbol ko'rsatgan jamoasidir. Ammo faqatgina ijrochilar hisobiga. Na taktika, na iroda, na intizom. Gap faqat yarim final haqida. Ungacha bo'lgan yorqin uchrashuvlar uchun parijliklarga rahmat. Konkret sabablar, birinchi bahsning ikkinchi taymida birdan ortga chekinish, Mbappening jarohati, Neymarga o'yin berilmagani, Ikardi nol darajani ko'rsatgani, markaz Verattidan tashqari darajasi yuqori emasligi, qanot himoyachilari faqat himoyalangani va yana ko'p omillar. Yana bir narsa, ikki gal ham chiroyli o'yinlar taassurotini hunuk yakun buzib qo'ymoqda. Sindirishga o'ynaganlar chiqib ketgani adolatdandir.

Ertaga ikkinchi finalchi aniqlanadi. Ikkala variant derbi. "Chelsi" chiqsa — Angliya derbisi. "Real" chiqsa — kallar derbisi. Hazil albatta. Evrokuboklarning ikki buyuk rekordchi murabbiylari derbisi. Tanlang.

Ertangi imkoniyatlar haqida esa nasib qilsa kun davomida gaplashamiz.

Davron Fayziev.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»