most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 02:33
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
«Neftchi» o'z muxlislarini bayramga taklif etadi
  14 Oktyabr, 07:00  6

.

Bugun Farg'onada katta futbol bayrami. Muhtasham "Istiqlol"  stadionida soat 19:00da muddatidan ilgari Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgan Farg'onaning "Neftchi" va Samarqandning "Dinamo" jamoalari navbatdagi tur uchrashuvini o'tkazadilar.

Bellashuv oldidan soat 17:00da futbol muxlislari uchun taniqli san'atkorlarning diltortar qo'shiqlari, askiya va hangomalari yangraydi, turli hil ko'ngilochar tadbirlar uyushtiriladi.

Futbol bellashuvi yakunlangandan so'ng g'oliblarni Superliga yo'llanmasi bilan tabriklash, ajoyib zafar quchgan sportchilarni taqdirlash tantanalari o'tkaziladi.

Mazkur o'yinga kirish bepul etib belgilangan.

Barcha futbol ishqibozlari va "Neftchi" muxlislarini futbol bayramiga chorlaymiz!

"Neftchi" matbuot xizmati

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»