![]() |
"Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tgan 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi final bahsidan so'ng taqdirlash marosimi o'tkazilmoqda. Dastlab indvidual sovrinlar o'z egalariga topshirildi.
«Halol o'yin» sovrini O'zbekiston terma jamoasiga topshirildi. Uni sardorimiz Umarali Rahmonaliev qabul qildi. Terma jamoamiz turnirda eng kam ogohlantirish olgan jamoa bo'ldi.
Turnirning eng yaxshi darvozaboni sovrini esa Otabek Boymurodovga nasib etdi. U sahnada sovrinini qabul qildi.
Musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi sifatida Abbosbek Fayzullaev tan olindi.
Yaponiyalik Naoki Kumata 5 ta gol bilan turnirning eng yaxshi to'purari sovrini etkaziladi.
Manba: stadion.uz
Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»