08.08.2018, 15:30

"Zomin" oromgohida “Yoz – o'tmoqda soz” shiori ostida futbol festivali bo'lib o'tdi

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bolajonlar yozgi ta'tilni maroqli va mazmunli o'tkazishlarini ta'minlash maqsadida O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan hamkorlikda har bir viloyatda “Yoz – o'tmoqda soz” shiori ostida futbol festivallarini tashkil etishga qaror qilgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Ushbu shior ostidagi mini futbol musobaqalari bu safar Sirdaryo viloyatida joylashgan "Zomin" bolalar sog'lomlashtirish oromgohida tashkil qilindi. Musobaqada bolalar 6 ta jamoaga bo'lingan holda baxslarga kirishishdi. Musobaqa so'ngida g'olib jamoa va barcha qatnashchilarga O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alar topshirildi.

Mavzu bo'yicha:

Bolalar futboli. Jizzaxda "Zomin Kubogi" musobaqasi start oldi

Sirdaryo, Namangan, Farg'ona va Xorazmda futbol akademiyalariga qabulning 2-bosqichi boshlanmoqda

Hududiy bolalar va o'smirlar futbol akademiyalariga qabulning ikkinchi bosqichi boshlandi

Bolalar futboli. Surxondaryoda «Boysun tog'lari» futbol festivali boshlandi

O'FA bo'lim boshlig'i Ispaniya futbol federatsiyasi tomonidan tashkil qilingan murabbiylik kurslarida tahsil olmoqda