12.11.2018, 18:30

Zidan mavsum oxirida "Real"ga qaytadi

Goal xabariga ko'ra, shu yilning may oyida "Real"ni tark etgan mutaxassis Zinedin Zidan mavsum oxirida jamoaga qaytishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, oktyabr oyida klub rahbariyati Xulen Lopetegini iste'foga chiqarib, bosh murabbiy vazifasiga Santyago Solarini tayinlagan edi.

Manbaga ko'ra, Zidanda "PSJ", "Manchester Yunayted" va "Bavarii" klublaridan takliflar bor.

Avvalroq, Zidan "Yuventus"da sport direktori vazifasida ish boshlashi xabar qilingan, ba'zi OAV esa u 2019 yilda Masimiliano Allegrining o'rnini egallashi haqida yozgan edilar.

Mavzu bo'yicha:

Zidan «Real»ga qaytadimi?

Zidanni yana "Yuventus" bilan bog'lamoqdalar

Zidan «Manchester Yunayted»ni boshqarishni istamoqda

Zidan yana Ronalduga murabbiy bo'lishi mumkin

Zidan "Yuventus"ni boshqarishi mumkin