most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 03:13
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Yurtimizda birinchi marotaba o'tkaziladigan xalqaro sinov-imtihoni oldidan matbuot anjumani o'tkazildi
  14 Oktyabr, 10:05  13

.

14-19 oktyabr kunlari Toshkentda ilk bor qilichbozlik bo'yicha hakamlar uchun xalqaro darajadagi sinov-imtihon bo'lib o'tadi.

MOQ Majlislar zalida mazkur tadbirga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi rahbariyati, Xalqaro qilichbozlik federaciyasining hakamlar hayati vakillari ishtirok etishdi. Ushbu tadbir davomida AQSH, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Iroq, BAA, Suriya, Qozog'iston, Iordaniya, Kambodja kabi mamlakat hakamlari xalqaro darajani olish uchun test topshiradilar.

Reglamentga ko'ra, imtihon 3 qismdan iborat: nazariy, videotahlil va amaliy. Amaliy imtihonni nazariy va tahliliy yo'nalishdan o'ta olgan nomzodlargina topshirishlari mumkin.

Prezidentimizning sportning har bir sohasida malakali kadrlarni tayyorlash bo'yicha bergan topshiriqlariga binoan dastlab murabbiylar uchun ana shunday xalqaro darajadagi tadbir o'tkazilgan edi. Yaqin 1 hafta mobaynida hakamlar uchun tadbir tashkil qilinadi. Unda dunyoning ko'plab mamlakatlaridan tashrif buyuradigan referilar shpaga, rapira va sablya qurollarida Xalqaro toifadagi hakam darajasiga ega bo'lish uchun imtihon topshirishadi. 

Anjuman davomida Xalqaro qilichbozlik federaciyasi hakamlar komissiyasi vakillari Irina Kanish, Olga Kojalari va Ferjani Salax mavzu yuzasidan jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Manba: MOQ matbuot xizmati

Foto: Alimurod Mamadaminov












Manba: olamsport.com

BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»