14.06.2019, 19:50

Yosh bokschilarimiz Olma-otadagi xalqaro musobaqada o'n ikkita medal qo'lga kiritishdi


11-14 iyun kunlari Qozog'istonning Olma-ota shahrida boks bo'yicha 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi. E'tiborlisi, unda ishtirok etgan 15 nafar bokschimizdan 12 tasi shohsupaga ko'tarildi. Umumiy hisobda delegatsiyamiz 2 ta oltin va 5 tadan kumush hamda bronza medallarini jamg'arishga muvaffaq bo'ldi.

Mazkur musobaqa orqali terma jamoamiz murabbiylari oldinda turgan xalqaro turnirlar uchun o'smirlar terma jamoasini shakllantirib oldilar. E'tiboringizga Olma-ota turnirida sovrindor bo'lgan bokschilarimiz ro'yxatini havola qilamiz:

Oltin:
-63 kg: Sh.Boltaev
-70 kg: A.Muhammadaminov

Kumush:
-57 kg: B.Ixvolov
-66 kg: I.Tursunov
-70 kg: T.Batirbaev
-75 kg: A.Kenesbaev
-44 kg: Q.Axtamov

Bronza:
-44 kg: U.Abdrasulov
-57 kg: S.Tursunov
-66 kg: M.Bahromov
-70 kg: Sh.Hamidullaev
-75 kg: X.Rixsiboev

Читайте также:

Bokschilarimiz Qozog'istondagi xalqaro musobaqada 14 ta medalga sazovor bo'lishdi

Bokschilarimiz Bokuda umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi

Yosh dzyudchilarimizning Gomeldagi muvaffaqiyati davom etadi View Larger Image

«Fajr Open» musobaqasida taekvondochilar 3 tadan oltin, kumush va bronza medallar yutdi

Bokschilarimiz «Stranja» xalqaro turnirida 5 ta medalga sazovor bo'lishdi