19.12.2018, 11:17

Yaponiya - Osiyo Kubogi bosh sovrinini eng ko'p qo'lga kiritgan terma jamoa


Xabaringiz bor, 2019 yilning 5 yanvar - 1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.   Umuman olganda, shu paytga qadar 8ta terma jamoa Osiyo Kubogida g'alaba qozongan: Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Eron, Janubiy Koreya, Isroil, Kuvayt, Iroq va Avstraliya. Yaponiya terma jamoasi musobaqada g'alaba qozonish bo'yicha eng yaxshi natijaga ega. "Samuray"lar jami 4 marta Osiyo Kubogi bosh sovrinini qo'lga kiritishgan. Saudiya Arabiston va Eron terma jamoalari uch martadan bunday natijaga erishishgan. Janubiy Koreya 2 marta Osiyo Kubogini boshi uzra balandga ko'targan. Isroil terma jamoasi 1964 yil hali OFK tarkibida bo'lganida bir marta Osiyo Kubogi sohibiga aylangan. Shuningdek, Kuvayt, Iroq va Avstraliya terma jamoalari ham bir martadan Osiyo Kubogiga ega chiqishgan.   Avstraliya terma jamoasi Osiyo Kubogining amaldagi sohibi hisoblanadi. "Sokkeruz"lar 2015 yil o'z maydonlarida bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi finalida Janubiy Koreya terma jamoasini ekstra-taymlarda kiritilgan gol evaziga 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchrab, musobaqa g'olibiga aylanishgandi. 

Читайте также:

OFK Osiyo Kubogi - 2019da faoliyat yuritadigan hakamlar va rasmiylar ro'yxatini e'lon qildi

Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasi boshlanishiga 60 kun qoldi

Sherzod Qosimov Osiyo Chempionati U-19 chorak finalidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni – Avstraliya o'yinini boshqaradi

Osiyo kubogi-2019: O'zbekiston terma jamoasining guruhdagi raqiblari ma'lum

O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogi -2019 taqvimi ma'lum bo'ldi