Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 02:40
KirishRo'yxatdan o'tish
Ronalduning «Yuve» safidagi jarima zarbalari jonli devordan o'tmayapti
  23 Fevral, 19:35  17

.

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning turinliklar safida amalga oshirayotgan jarima zarbalari muvaffaqiyatsiz chiqmoqda.

Italiya A seriyasining 23-turidan o'rin olgan «Krotone»ga qarshi o'yinda (3:0) 36 yoshli futbolchi ikki marta jarima zarbasini tepdi. U bir marta jonli devorni nishonga olgan bo'lsa, ikkinchi zarbadan so'ng to'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

Umuman olganda, Krishtianu "Yuve"ga o'tganidan buyon 64 marta jarima zarbasini tepdi. Ularning uchdan ikki qismi, ya'ni 42tasida to'p jonli devorga tekkan.

Portugaliyalik futbolchi A seriyada jarima zarbasidan yagona golini 2020 yilning iyul oyida «Torino» darvozasiga urgan edi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: uzfutbol.net@gmail.com
© UzFutbol.Net — «Футбол янгиликлари»