![]() |
Agar o'yin 45 daqiqadan iborat bo'lganida «Barselona» klubi ayni paytda La ligada peshqadamlik qilayotgan bo'lardi. Birinchi taymda qayd etilgan natijalar bo'yicha qilingan hisob-kitobga ko'ra, Kuman jamoasi 2-o'rindagi «Atletiko»ni 2 ochko ortda qoldirayotgan bo'lardi.
Demak, joriy mavsumda «Barsa»ning ikkinchi taymdagi natijalari ancha past bo'lmoqda. Bu borada «Atletiko», «Real» va «Sevilya» klublari "ko'k-anorranglilar"ni ortda qoldirishmoqda.
Kataloniyaliklar ushbu mavsumdagi gollarining 11tasini birinchi bo'limda, 14tasini ikkinchi taymda o'tkazib yuborishgan.
Manba: stadion.uz
Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: uzfutbol.net@gmail.com
© UzFutbol.Net — «Футбол янгиликлари»