Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 02:34
KirishRo'yxatdan o'tish
O'zbekiston ayollar terma jamoasi «Festival Women's Trophy 2021»da 2-o'rinni oldi
  23 Fevral, 18:05  4

.

O'zbekiston ayollar terma jamoasi Turkiyada tashkil etilgan «Festival Women's Trophy 2021» xalqaro musobaqasida 2-o'rinni egalladi.

Bahrom Norsafarov shogirdlari turnirning so'nggi turda Rossiyaning amaldagi chempioni — TsSKAga qarshi maydonga chiqdi. Bahsning 13-daqiqasida rossiyaliklar maydon markazidan jarima zarbasini amalga oshirishdi. To'pni esa darvozabonimiz Laylo Tilovova egalladi va tezda jamoadoshlari uzatma berib, qarshi hujumga asos soldi. Kombinatsiya tarzda tashkil etilgan hujumni vakillarimiz gol bilan yakunlashdi. Nilufar Qudratovaning zarbasini raqib posboni qaytara olmadi.

Mazkur gol uchrashuvda yagonaligicha qoldi. O'zbekiston ayollar jamoasi 6 ochko bilan xalqaro musobaqada 2-o'rinni egallashdi. Nigeriya esa 9 ochko bilan g'oliblikni qo'lga kiritdi. Hujumchimiz Nilufar Qudratova 3ta gol bilan to'purarlar bahsida 2-o'rinni egalladi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: uzfutbol.net@gmail.com
© UzFutbol.Net — «Футбол янгиликлари»