Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 03:04
KirishRo'yxatdan o'tish
Mbappe va Holandni olib kelish «Real»ga qanchaga tushishi hisoblab chiqildi
  23 Fevral, 17:10  9

.

Ispaniyaning AS nashri hujumchilar Kilian Mbappe (PSJ) va Erling Holandning («Borussiya D») transferi «Real» uchun qanchaga tushishi mumkinligini hisoblab chiqdi.

AS tahlillariga ko'ra, madridliklar ikki transferni amalga oshirish uchun frantsiyalik futbolchiga yiliga 72 million evro, norvegiyalik hujumchiga esa yillik 20 million evro maosh taklif qilishi kerak. Shunday qilib ikki futbolchining maoshi uchun yiliga 92 million evro sarflanadi.

Har bir hujumchining transfer qiymati 150 million evroga baholanmoqda (umumiy 300 mln). Agar ular bilan olti yillik shartnoma imzolansa, har bir yil uchun «Real» 50 milliondan sarflagan bo'ladi.

Shu tariqa agar maosh va transfer narxi inobatga olinsa, «Real» Mbappe va Holand uchun har yili 142 million evro (92+50) sarflaydi. Olti mavsumda esa bu 852 millionni tashkil qiladi: 300 million transferlarga, 432 million Mbappening maoshi va 120 million Holandning maoshi. Qo'shimcha bonuslar evaziga bu miqdor 1 milliard evroga qadar etishi mumkin.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: uzfutbol.net@gmail.com
© UzFutbol.Net — «Футбол янгиликлари»