Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 11:52
KirishRo'yxatdan o'tish
Kilian Mbappe Chempionlar Ligasida rekord qayd etdi
  8 Aprel, 17:25  16

.

«Bavariya» Evropa Chempionlar Ligasi chorak final bahsi doirasida 7 aprel kuni PSJni qabul qildi. Myunxendagi «Alyants Arena»da kechgan bahsda parijliklar 3:2 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi.

Uchrashuvda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe dubl qayd etdi. Shu tariqa frantsiyalik futbolchi Chempionlar Ligasi bir mavsumining 1/8 va 1/4 finalidan o'rin olgan safar o'yinlarida 5 ta gol urgan ilk futbolchi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Mbappe 1/8 final doirasida «Barselona»ga qarshi kechgan «Kamp Nou»dagi o'yinda het-trik qayd etgandi.

PSJ va «Bavariya» jamoalari o'rtasidagi javob uchrashuvi 13 aprel kuni Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo'lib o'tadi.

Mbappe Frantsiya chempionatida joriy mavsum 26 o'yin o'tkazib, 20 gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»