Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 12:36
KirishRo'yxatdan o'tish
Deputatlar turizm va sport vaziri lavozimiga nomzodni maqulladi
  8 Aprel, 14:35  15

.

Deputatlar O'zbekiston bosh vazirining o'rinbosari – turizm va sport vaziri lavozimiga nomzodni ko'rib chiqdilar.

Malumki, amaldagi qonun hujjatlariga binoan, Vazirlar Mahkamasi azolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko'rib chiqiladi.

Bugun, 8 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Unda deputatlar O'zbekiston Respublikasi bosh vazirining o'rinbosari – turizm va sport vaziri lavozimiga Aziz Abduhakimovning nomzodini ko'rib chiqdi.

Xalq vakillari tomonidan Aziz Abduhakimov nomzodi maqullandi.

Nomzod prezidentning tegishli farmoni imzolanganidan so'ng tasdiqlanadi.

Aziz Abduhakimov 1974 yilda tug'ilgan. 2014 yil yozidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini boshqargan. Avvalroq Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan. U 2017 yilning avgust oyidan beri Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi lavozimida ishlagan, 2018 yilda bosh vazir o'rinbosari etib tayinlangan.

Malumot uchun, 2021 yil 6 apreldagi «Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi prezident farmoniga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil etildi.



Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»