Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 11:17
KirishRo'yxatdan o'tish
Superliga. «Mash'al» - «Qo'qon-1912» (prevyu)
  8 Aprel, 14:30  4

.

Ertaga, Muborakda O'zbekiston Superligasi 5 turi doirasida «Mash'al» hamda «Qo'qon-1912» jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'lib o'tadi.

Uchrashuv rasmiylari

Muborakda bo'lib o'tadigan «Mash'al» – «Qo'qon-1912» uchrashuvini Vadim Agishev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Rishat Nugmanovlar yordam berishadi. Uchrashuvda zaxira hakami sifatida Shohruh Qayumov ishlaydi. Hakamlar ishini Ravil Shayaxmitov nazorat qiladi. Uchrashuv komissari Sherzod Rajabov.

O'zaro o'yinlar

Ushbu jamoalar Oliy ligada 14 bora to'qnash kelishgan. «Mash'al» jamoasi etti bahsda g'alaba qozongan. 3 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. «Qo'qon-1912» hisobida 4 ta g'alaba mavjud. To'plar nisbati 23-15 muborakliklar foydasiga. «Mash'al» o'zaro o'yinlarda 24 ochkoga ega bo'lgan, «Qo'qon-1912»da 15 ochko bor.

«Mash'al»ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:2 ga teng. «Qo'qon-191»da bu ko'rsatkich 3:1 bo'lib turibdi.


Boshlanish vaqti

«Mash'al» - «Qo'qon-1912» uchrashuvi 9 aprel, juma kuni soat 17:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»