Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 11:47
KirishRo'yxatdan o'tish
Kechki dasturda bizni ikkita final va bitta bronza uchun bahs kutmoqda
  8 Aprel, 13:30  9

.

Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida o'tkazilayotgan Osiyo-Okeaniya chempionatining uchinchi kungi saralash bahslari yakunlanib, oltin va bronza medali uchun kurashadigan juftliklar malum bo'ldi.

Quvonarlisi, kechki dasturda bizni ikkita final uchrashuvi kutmoqda. -90 kg vazn toifasidagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Davlat Bobonov finalda jahon chempionatining kumush medali sovrindori, yaponiyalik SHoichiro Mukaiga qarshi tatamiga chiqadi. 

-100 kg vazndagi dzyudochimiz Muhammadkarim Hurramov esa Osiyo-Okeaniya chempionligi uchun yaponiyalik Aaron Volf bilan to'qnash keladi. SHu vazndagi ikkinchi dzyudochimiz, yarim finalda aynan Hurramovga yutqazib qo'ygan Muzaffarbek To'raboev bronza medali uchun kechadigan bahsda BAA vakili Ivan Remarenko bilan uchrashadi.     

Kechki dastur. Medallar uchun kurash

-90 kg vazn toifasi. Final 

Davlat Bobonov (O'zbekiston) - SHoichiro Mukai (Yaponiya)

-100 kg vazn toifasi. Final

Muhammadkarim Hurramov (O'zbekiston) - Aaron Volf (Yaponiya)

Bronza uchun bahs

Muzaffarbek To'raboev (O'zbekiston) - Ivan Remarenko (BAA) 



Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»