17.05.2019, 18:50

Xaviga xayrlashuv uchrashuvi tatimadi, «As-Sadd» yirik hisobda engildi


Kecha Qatarda 2018/19 yilgi futbol mavsumi yakuniga etdi. Mavsumning yakunlovchi bahsi – Qatar kubogi finalida Xavi to'p tepayotgan “As-Sadd” klubi “Al-Duhayl” jamoasiga yirik 4-1 hisobida imkoniyatni boy berdi.   Ushbu bahs ispaniyalik maestro uchun professional futbolchi sifatida faoliyatidagi so'nggi rasmiy o'yinga aylandi. Biroq, Xavining xayrlashuv marosimini tantanaga aylantirish “As-Sadd” jamoasiga nasib etmadi. Oqibatda Qatar yulduzlar ligasi-2019 g'olibi mavsumni “oltin dubl” bilan yakunlay olmadi.   Xavi 2015 yilda “Barselona” klubini tark etgach, so'nggi uch mavsumni “As-Sadd” klubida o'tkazdi. Endilikda u mazkur klubda murabbiylik faoliyatini boshlashi kutilmoqda.   Shuni ta'kidlash joiz, Qatar amiri kubogining final uchrashuvi oldidan 2022 yilgi jahon chempionati uchun qurilgan “Al-Vakra” stadionining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Qiymati 575 million dollarlik mazkur stadion 40 ming tomoshabinga mo'ljallangan. Bundan biroz avval Dohada xuddi shuncha sig'imga ega “Xalifa” stadioni ham foydalanishga topshirilgan edi.

Читайте также:

Xavi cobiq jamoadoshini «Al-Sadd»ga taklif qildi

Nihoyat, Xavi Toshkentga tashrif buyurdi

«As-Sadd» Toshkentga Qatar chempioni sifatida tashrif buyuradi

Xavi Messiga «Barselona»ni tark etishni taklif qildi

Messi Xavining rekordini yangiladi