10.06.2019, 16:00

Xames Rodriges "Napoli"ga o'tishga juda yaqin turibdi

«Real» yarim himoyachisi Xames Rodriges "Napoli"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Corriere dello Sport" nashriga ko'ra, Nepol klubi futbolchi uchun 42 mln evro to'laydi. Kolumbiyalik futbolchi ikki yillik ijaradan keyin "Real"ga qaytmoqda, chunki "Bavariya" uni 42 mln evro evaziga sotib olmaydigan bo'ldi.

O'z navbatida "Napoli" ustozi Karlo Anchelotti Xamesni jamoasida ko'rishni juda istamoqda. Anchelotti Xames bilan "Real" va "Bavariya"da birga ishlagan.

Futbolchi italyan klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 6,5 mln evro maosh oladi.

Mavzu bo'yicha:

Xames «Napoli»ga o'tishga yaqin

Xames Rodriges «Real»ga qaytadi faqat...

Xames yozda «Real»ga qaytishni istamoqda

Xames Rodriges faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Xames «Bavariya»da qoladi