01.12.2018, 07:40

Xames Rodriges faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin


«Bavariya» yarim himoyachisi Xames Rodriges mavsum yakunlanganidan keyin Myunxenda qolmaydi va «Real»ga qaytadi. Madridliklar esa kolumbiyalik futbolchini sotishni rejalashtirishmoqda. Bu haqda Don Balon xabar tarqatdi.

«Liverpul» Xames uchun 50 million evro to'lashga tayyor. Shuningdek, futbolchiga «Arsenal» ham da'vogarlik qilmoqda. "Kanonirlar" Rodriges uchun 60 million evro taklif qilishmoqda.

Xames Bundesliganing ushbu mavsumida 6ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi.

Читайте также:

Xames Rodriges bu yil maydonga tushmaydi

«Bavariya» Xamesning transfer huquqini sotib olmaslikka qaror qildi

«Bavariya» yana bir etakchisidan ayrildi

«Yuventus» «Real» futbolchisi uchun 70 million evro taklif qiladi

Xames «Bavariya»da qoladi