23.08.2018, 11:40

Vitaliy Denisov: "Krilya Sovetov"ga tez moslashaman deb umid qilaman"


"Lokomotiv"ning sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov "Krilya Sovetov"dagi birinchi mashg'ulotidan so'ng yangi jamoasi haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi samaraliklar safida mavsum-2018/19 oxirigacha ijarada o'ynaydi.

"Tongda etib keldim, birinchi mashg'ulotni o'tkazdim. Yarim tungacha uxlaganim yo'q. Muhitni yaxshi anglaganim yo'q, turbulentlik holatidaman. Jamoaga qo'shilib ketishim, yigitlar bilan tanishishim kerak. Umid qilamanki, moslashuv arayonim tez o'tib ketadi. Jamoa yuqori natijalarga rishishida bor kuchimni sarflashga harakat qilaman", - deydi Denisov.

"Krilya Sovetov" 27 avgust kuni PPL 5-turi doirasida "Enisey"ga qarshi o'ynaydi.

Читайте также:

Kuper boshchiligidagi O'zbekiston MTJ yig'inga kirishdi. Futbolchilar orasida Sergeev ham bor

Vitaliy Denisov "Krilya Sovetov"ga o'tyaptimi?

«Krilya Sovetov» urugvaylik futbolchini o'z safiga qo'shib oladi

RPL. «Lokomotiv» chempionatdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

RPL. «Krilya Sovetov» – «Lokomotiv» (tarkiblar)