Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 11:20
KirishRo'yxatdan o'tish
Vinisiusdan Ueyn Runigacha. Eng qimmat narxga xarid qilingan 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilar
  4 Mart, 10:25  24

.

Transfermarkt portali eng qimmat narxga xarid qilingan 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.

Dastlabki ikki o'rin «Real» futbolchilari Vinisius Junior va Rodrigo Goesga tegishli bo'ldi. Madridliklar klubi braziliyalik yosh iqtidor egalari uchun «Flamengo» va «Santos»ga 45 million evrodan bergandi.

Kuchli uchlikdan Fabiu Silvaning (40 mln evro) «Portu»dan «Vulverhempton»ga transferi o'rin oldi.

Quyida top-10 lik bilan tanishing:

1. Vinisius Junior («Flamengo»dan «Real»ga) — 45 million evro
2. Rodrigo Goes («Santos»dan «Real»ga) — 45 mln evro
3. Fabiu Silva («Portu»dan «Vulverhempton»ga) — 40 mln evro
4. Lyuk Shou («Sauthempton»dan «Manchester Yunayted»ga) — 37,5 mln evro
5. Ueyn Runi («Everton»dan «Manchester Yunayted»ga) — 37 mln evro
6. Renatu Sanshesh («Benfika»dan «Bavariya»ga) — 35 mln evro
7. Alessandro Bastoni («Atalanta»dan «Inter»ga) — 31,1 mln evro
8. Antoni Kassano («Bari»dan «Roma»ga) — 31 mln evro
9. Reyner («Flamengo»dan «Real»ga) — 30 mln evro
10. Vilyam Saliba («Sent-Eten»dan «Arsenal»ga) — 30 mln evro

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»