05.08.2018, 17:31

«Vinaphone-2018» xalqaro musobaqasi.O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ikkinchi turda mag'lubiyatga uchradi

Xabaringiz bor Ravshan Xaydarov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoamiz hozirda Indoneziyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarida ishitrok etish uchun Toshkentda yig'in o'tkazmoqda. 

Sunnatillo Abdurasulov boshchiligida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi esa ayni kunlarda Vetnamdagi "Vinaphone-2018" xalqaro musobaqasida ishtirok etyapti.

Birinchi tur o'yinida Ummon olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, durang qayd etgan futbolchilarimiz ikkinchi o'yinda Falastin olimpiya terma jamoasiga mag'lub bo'lishdi. Falastinliklar tomonidan kiritilgan 2 ta golga O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 1 ta gol bilan javob bera oldi. Gol muallifi - Nurillo To'xtasinov.

Vetnamdagi xalqaro musobaqa O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod bo'lgan futbolchilarni sinovdan o'tkazish, ularga xalqaro o'yinlar tajribasini taqdim qilish va saralab olish vazifasini bajarib beradi. 

Vakillarimiz musobaqadagi so'nggi o'yinni 7 avgust kuni musobaqa mezboni Vetnamga qarshi  o'tkazishadi.

Mavzu bo'yicha:

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston OTJ Toshkentda yig'inga kirishdi

Ektor Kuper 6 avgust kuni yurtimizga etib keladi

Osiyo kubogi-2019: O'zbekiston terma jamoasining guruhdagi raqiblari ma'lum

O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogi -2019 taqvimi ma'lum bo'ldi

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida guruhdan chiqsa, kim bilan bellashadi