15.11.2018, 15:30

Velosportchilarimiz Hindistonda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadilar


Kecha velosport bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Danil Evdokimov va Yanina Kuskovalar xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etish uchun Hindistonning Nyu-Deli shahriga jo'nab ketdilar. Sportchilarimiz u erda murabbiy Vladislav Fyodorov qo'l ostida mashg'ulot o'tkazadilar.

Sportchilarimiz ushbu yig'in orqali yanvar oyida Jakartada trek yo'nalishi bo'yicha o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'radilar. Shuningdek, mazkur yig'in Tokio Olimpiadasi uchun tayyorgarlik bosqichlaridan biri hisoblanadi.

O'quv-mashg'ulot yig'inlari 2 dekabrga qadar davom etadi.

Читайте также:

Eshkak eshuvchilarimiz o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishmoqda

O'zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi va Buyuk Britaniya taekvondo federatsiyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

«Navbahor» yopiq eshiklar ortida mashg'ulot o'tkazdi

Baydarka va kanoeda eshkak eshish. Sportchilarimiz Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rishmoqda

O'zbekiston U-21 terma jamoasi "Chig'atoy"da mashg'ulot o'tkazmoqda