28.08.2018, 10:40

«Valensiya» Gedeshni sotib oldi

Frantsiyaning PSJ klubi yarim himoyachisi Gonsalu Gedesh faoliyatini “Valensiya”da davom ettiradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar futbolchining transferi borasida kelishuvga erishdi. Bugun jamoa rasman futbolchini tanishtiradi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum portugaliyalik futbolchi ijara asosida “Valensiya” safida harakat qilgan. U 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 6 ta gol va 9 golli pas yozdirib qo'ygan.

Mavzu bo'yicha:

«Zenit» futbolchisi Italiya chempionatiga yo'l oldi

«Selta» paragvaylik futbolchini sotib oldi

Zaza Frantsiya klubi bilan shaxsiy shartnomaga erishdi

«Valensiya» PSJ futbolchisini ijaraga oldi

«Uotford» PSJ futbolchisi uchun 60 million evro berishga tayyor