17.05.2019, 22:40

Vadim Abramov: «Toshkent jamoalari hamisha o'zaro shunday murosasiz o'yin o'tkazishadi»


“Lokomotiv” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Vadim Abramov quyidagicha fikr bildirib o'tdi: 

- Toshkent jamoalarining har bir o'yini ularning musobaqa jadvalida egallab turgan o'rnidan qat'iy nazar shunday murosasiz ruhda o'tadi. Yosh yigitlar shunday bahsda o'zlarini u qadar yo'qotib qo'yishmaganidan xursandman. Bugun biz o'zmizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish eta olmadik. Bugun har ikki jamoa ham yakunda g'alaba qozonib ketishi mumkin edi. Ikkinchi bo'limda “Lokomotiv”ning hujumga o'tishi va gol urishga shoshilishini bilgan holda asosan ularni qarshi hujumda jazolashga urindik. Bizda qulay imkoniyatlar bo'ldi. Lekin yigitlar biroz yosh ekani sabab raqib darvozasini ishg'ol eta olishmadi. Ularga biroz sovuqqonlik etishmadi. Agar biroz tajribaliroq futbolchi bo'lganda vaziyatlardan unumli foydalangan bo'larmidik, - dedi mutaxassis.  

Читайте также:

Vadim Abramov: «Yigitlardan maydonda borlarini berib harakat qilishgani uchun mamnunman»

Vadim Abramov: «Bugun barchasini tajriba hal qildi»

Vadim Abramov «Andijon» ustidan qozonilgan g'alabadan keyin nimalar dedi?

Vadim Abramov: «Agar fol bo'lsa, o'yin davomida 6 ta penalti belgilash ham mumkin»

Vadim Abramov: «Alamli mag'lubiyatga uchradik»