24.04.2019, 09:40

«Uotford»da g'aroyib natija: hammasi — 50!


Angliya chempionatining 31-doirasida bo'lib o'tgan bahsda «Uotford» «Sautgempton» bilan durang (1:1) o'ynadi.

Ushbu natijadan keyin Xavi Garsiya jamoasi hisobidagi ochkolar soni 50taga etdi. Shuningdek, «Uotford» ushbu mavsumda 50ta gol urdi va 50ta to'p o'tkazib yubordi.

Jamoa mavsum yakunida ushbu pog'onani saqlab qolsa, Evropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishi mumkin. Shuningdek, «Uotford» Angliya kubogi finaliga chiqqan va "Manchester Siti"ga qarshi sovrin uchun maydonga tushadi.

«Uotford» APLning qolgan turlarida «Vulverxempton», «Chelsi» va «Vest Xem»ga qarshi o'ynaydi.

Читайте также:

«Manchester Siti» ushbu mavsumda 150ta gol urdi!

APL. «Manchester Siti» - «Uotford» (tarkiblar)

Angliya kubogining 1/32 final bosqichiga qur'a tashlandi

Neymar APLning ushbu mavsumida kim chempion bo'lishini taxmin qildi

Angliya Liga kubogi 3-bosqichi juftliklari aniq bo'ldi