13.07.2019, 10:10

Universiada-2019. Tennischimiz Humoyun Sultonov yakkalik bahslarida ham finalga chiqdi

Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari o'rtasida o'tkazilayotgan Universiada-2019 o'yinlari davom etmoqda. Tennischilarimiz bugun ham zafarli yurishlarini davom ettirishmoqda.

Bugun erkaklar o'rtasida yakkalik bahslarida final yo'llanmasi uchun kortga tushgan Humoyun Sultonov frantsiyalik Lukas Poullainni 6/0, 6/3 hisobida mag'lub etdi.

Dastlabki o'yinlarda Shri Lanka, Portugaliya va Kipr vakillarini yirik hisobda mag'lub etgan yurtdoshimiz chorak finalda amerikalik Keegan James Smitdan 6/1, 6/2 hisobidan ustun kelgan edi.

O'zbekistonning 5-raqamli raketkasi bo'lgan yosh umidli tennischimiz Humoyun Sultonov jahon reytingida 380-o'rinni egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, kecha Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziev tandemi yarim finalda xitoyliklarni mag'lub etib, universiadaning so'ngi bosqichiga chiqishgan edi. Birozdan so'ng vakillarimiz final o'yinida koreyalik Seochan Hong va Sanhui Shin juftligiga qarshi kortga tushishadi.

Yigitlarimizga hal qiluvchi bahsda omad tilaymiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Mavzu bo'yicha:

O'zbekistonlik tennischi yigitlar Butunjahon talabalar universiadasida finalga chiqdi

Universiada-2019. Tennischi yigitlarimiz yakkalik bahslarida chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi

Tennischilarimiz xalqaro turnirni g'alaba bilan boshladi

Namanganda xalqaro turnir davom etmoqda

Qozog'istonda o'zbek derbisi o'tkazilad