10.07.2019, 00:30

Universiada-2019. Tennischi yigitlarimiz yakkalik bahslarida chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi

Italiyaning Neapol shahrida yozgi Universiada o'yinlari davom etmoqda.

Tennischilarimiz Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziev erkaklar o'rtasidagi yakkalik bahslari 4-davra o'yinlarida g'alaba qozonib chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

To'rtinchi davra o'yinida Humoyun Sultonov kiprlik Menelaos Efstatiuga qarshi kortga tushdi.

O'yin boshida ortda borayotgan Humoyun keyinchalik o'zini qo'lga olib, musobaqa natijasini o'z foydasiga hal qildi. Uchrashuvda 7/5 va 6/2 hisobida g'alaba qozongan tennischimiz chorak finalga yo'l oldi.

 

Sanjar Fayziev to'rtinchi davra o'yinini koreyalik Seongchan Hongga qarshi o'tkazdi. Uch yarim soat davom etgan bahsning birinchi setda 6/7 hisobida koreyalik tennischining qo'li baland kelgan bo'lsa, ikkinchi setda Sanjar 7/6 hisobida g'alaba qozondi. Murosasiz bahslarga boy bo'lgan o'yinning uchinchi setida 4/1 hisobida sportchimiz ustun kelayotgan bir paytda koreyalik sportchi mag'lubiyatini tan oldi.

Mavzu bo'yicha:

Tennischilarimiz muvaffaqiyatli odimlamoqda

Tennischilarimiz xalqaro turnirni g'alaba bilan boshladi

Namanganda xalqaro turnir davom etmoqda

Qozog'istonda o'zbek derbisi o'tkazilad

Tennis. Sanjar Fayziev Qozondagi musobaqa g'olibi