12.07.2019, 21:10

Universiada-2019. Taekvondochimiz finalga chiqdi

Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari o'rtasida o'tkazilayotgan Universiada-2019 o'yinlari davom etmoqda. Bugungi kun bahslari ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda. Taekvondo bo'yicha o'tkazilgan bahslarda -63 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Niyoz Po'latov universiadaning final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Dastlabki janglarda xorvatiya va italiyalik taekvondochilarni mag'lub etgan vakilimiz, chorak finalda turkiyalik Merkan Dolmakdan ustun keldi.

Yarim finalda xitoylik Vu Yichaoga qarshi bahs olib borgan yurtdoshimiz 5:3 hisobida hisobida zafar quchib final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Endi Suxrob hal qiluvchi bahsda eronlik Soroush Ahmedga qarshi dayanga chiqadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Mavzu bo'yicha:

O'zbekistonlik tennischi yigitlar Butunjahon talabalar universiadasida finalga chiqdi

Universiada-2019. Bugungi bahslarda ishtirok etayotgan sportchilarimiz ro'yxati bilan tanishing

Paradzyudo: Boku Gran-prisining ilk kunida 5ta medal qo'lga kiritildi

Bahodir Jalolov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Osiyo o'yinlari. Karimov, Istomin davom etadi, Po'latov yarim finalda