11.07.2019, 17:50

Universiada-2019. Bugungi bahslarda ishtirok etayotgan sportchilarimiz ro'yxati bilan tanishing

Bugun Universiadaning to'qqizinchi kunida 4 ta sport turi bo'yicha 6 nafar talaba sportchimiz engil atletika, tennis, taekvondo WTF va badiiy gimnastika sport turlari bo'yicha bahslarda ishtirok etishadi.

Bugungi kun musobaqalarida ishtirok etayotgan sportchilarimiz bilan tanishing:

Badiiy gimnastika:

Rahmatova Dildora

Engil atletika:

Vladislav Palyunin – nayza uloqtirish (final)

Yigitlarimiz Sanjar Fayziev va Humoyun Sultonov juftligi final yo'llanmasi uchun xitoylik Hao Vu va Shuai Xuga qarshi bahs olib borishadi. Yakkalik bahslarida esa Sanjar Fayziev rossiyalik Ivan Gaxovga qarshi chorak final o'yinini o'tkazadi hamda o'tish bahslarida ishtirok etayotgan Laylo Bahodirova argentinalik Rokio Daniela Merloga qarshi kortga tushadi.

Shuningdek, bugungi bahslarda ikki nafar taekvondochimiz ishtirok etmoqda. Birinchi davrada germaniyalik Richter Jasminni mag'lubiyatga uchratgan Zariya Qosimova (- 62 kg) navbatdagi jangda turkiyalik Irem Yamanga qarshi bahs olib boradi. Birozdan so'ng bugungi bahslarda -74 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz Shahboz Shofayziev dastlabki raqibi qozog'istonlik Less Abdusamatga qarshi dayanga tushadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Mavzu bo'yicha:

Universiada-2019: Bugun bahslarga kirishadigan sportchilarimiz ro'yxati bilan tanishing

Universiada-2019: Bugun taekvondo va kamondan otish bo'yicha sportchilarimiz medallar uchun kurashishadi

O'zbekiston delegatsiyasining yozgi Universiadada ishtirok etuvchi tarkibi bilan tanishing

O'zbekiston sport delegatsiyasi Butunjahon yozgi universiada o'yinlarida ishtirok etadi

Jakarta-2018. Bugun bahslarda ishtirok etadigan sportchilarimiz ro'yxati