08.02.2019, 23:00

Umid Ahmadjonov: «Bugun o'zbek sporti uchun tarixiy kun»

Xabar berib o'tganimizdek, bugun 8 fevral kuni xokkey bo'yicha O'zbekiston I chempionatining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

“Ice City” muz saroyida tashkil etilgan ochilish marosimida Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi.

MOQ rahbari tadbirda so'zga chiqar ekan, ushbu tarixiy kun bilan barchani muborakbod etib o'tdi va musobaqani rasman ochib berdi.

Bugun o'zbek sporti uchun tarixiy kun desak mubolag'a bo'lmaydi. Mustaqil O'zbekiston tarixida xokkey bo'yicha birinchi mamlakat chempionati start olmoqda.

Ayni paytda davlatimiz rahbari, muhtaram Shavkat Miromonovich tomonlaridan qishki sport turlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan "Humo" muz saroyining ochilish marosimiga ham oz vaqt qolmoqda. Ushbu arenaning foydalanishga topshirilishi yurtimizda qishki sport turlarining taraqqiyotiga katta turtki bo'lishi shubhasiz.

Fursatdan foydalanib O'zbekiston chempionatining barcha ishtirokchilariga omad tilayman. Musobaqada kuchlilar g'alaba qozonsin. Ishonamanki, xokkey yurtimizda ham rivojlanib, yaqin yillarda sportchilarimiz xalqaro maydonlarda ham o'z so'zlarini ayta olishadi.

Xokkey bo'yicha O'zbekiston birinchi chempionatini ochiq deb e'lon qilaman», – dedi MOQ prezidenti.

Mavzu bo'yicha:

Xokkey bo'yicha tarixiy O'zbekiston I chempionatini Umid Ahmadjonov ochib berdi

Xokkey bo'yicha O'zbekiston chempionati start olmoqda

Umid Ahmadjonov Seulda! U Li Kyu Syok bilan ko'rishdi

Toshkentda qilichbozlik bo'yicha jahon kubogining ochilish marosimi o'tkazildi

“Indoneziyada O'zbekiston bayrog'i 21 marta yuqoriga ko'tarildi” – Umid Ahmadjonov Shavkat Mirziyoevga tashakkurnoma yo'lladi