most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 22:14
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Ular haqli edi yoxud Ronaldu va Messi sabab «Oltin to'p»ni qo'lga kirita olmagan afsonaviy 5 futbolchi
  21 Oktyabr, 17:50  16

.

So'ngi 10 yil davomida futboldagi eng nufuzli individual mukofot «Oltin to'p»ni faqat ikkita futbolchi - Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu olgan. Ammo, bu davrda eng yuqori darajadagi o'yin ko'rsatgan, jamoaviy kuboklarni qo'lga kiritgan va o'z karerasida hech bo'lmaganda bir marta kubokni olishga loyiq bo'lgan boshqa ajoyib ijrochilar ham bor edi. «Stadion.uz» nashri esa argentinalik va portugaliyalik futbolchi sabab e'tibordan chetda qolgan 5 futbolchi haqida hikoya qiladi.

1-o'rin: Xavi




«Oltin to'p» olmagan buyuk futbolchilar ro'yxatini Xavi nomi bilan mashhur bo'lgan ispaniyalik yarimhimoyachi Xaver Ernandes ochib beradi.

«Barselona» tarbiyalanuvchisi professional karerasini, Kataloniya klubida boshladi. O'zini zaxirada yaxshi ko'rsatib, 18 yoshidan yuqori darajali o'yin ko'rsatib,  «ko'k-anorranglilar» asosiy jamoasidan joy olgan. Ha, Xavi maxsus antropometrik ma'lumotlardan farq qilmadi va tezlik jihatidan jamoadagi eng yaxshi futbolchilaridan yiroqda edi, lekin yaxshi zarba va aniq uzatmalar berish qobiliyati, uni eng yaxshi pleymeykerlardan biriga aylantirdi.

2008 yilda Xavi o'z terma jamoasi bilan birgalikda Evropa chempionligini qo'lga kiritdi va turnirning eng yaxshi o'yinchisi deb tan olindi. Afsuski, «Oltin to'p» uchun ovoz berish natijalariga ko'ra, u atigi 5-o'rinni egalladi. Sovrin «Manchester Yunayted» bilan Chempionlar ligasini yutgan Krishtianu Ronalduga nasib etdi. Keyingi uch yil ketma-ket Xavi eng nufuzli individual mukofot uchun ovoz berishda doimiy ravishda uchinchi o'rinni egalladi. Shu bilan birga uch karra ham kubok uning sherigi - Lionel Messiga nasib etdi. Bu yillar mobaynida argentinalik «Barselona» bilan bir xil Ispaniyadagi sovrinlarni qo'lga kiritdi, lekin Leoning gollari «Oltin to'p» uchun kurashda favoritga aylantirdi, shuning uchun har safar so'rovda ko'pchilik ovozini oldi. Afsuski, Xavi 2010 yilda Jahon chempionatining zafar qozonganidan keyin ham, France Football tomonidan taqdim etiladigan mukofotga loyiq ko'rilmadi. Oxir-oqibat, futbol tarixidagi eng yaxshi pleymeykerlardan biri, hech qachon «Oltin to'p»ni olmasdan karerasini yakunladi.

2-o'rin: Andres Inesta




2010 yilda «Oltin to'p» yutish uchun yana bir ajoyib ispaniyalik futbolchinining imkoniyati bor edi. Andres Inesta, xuddi Xavi singari, 2009 yildan 2011 yilgacha «Barselona» bilan ko'plab jamoaviy sovrinlarni qo'lga kiritdi: La Ligada ketma-ket uchta oltin, shuningdek, Ispaniya kubogi va Superkubogi, shuningdek, ikkita Chempionlar Ligasi oltin, ikkita UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ikkita g'alaba qozongan. Ha, albatta, «Oltin to'p»ni ketma-ket uch yil olgan Messi ham bu sovrinlarning barchasini qo'lga kiritdi. Ammo, 2010 yilda Inesta o'z terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo'lga kiritdi va bundan tashqari turnir finalidagi Gollandiyaga qarshi o'yinda g'alaba golini kiritdi.  Afsuski, bu yutuqlar ham Andresni ispaniyaliklar muxlislarga, jurnalistlarni, shuningdek, terma jamoalar murabbiylari va sardorlarini o'sha kalendar yilida sayyoramizning eng yaxshi futbolchisi ekanligiga ishontirish uchun etarli emas edi.

2012 yilda futbolchi «Oltin to'p»ni olishi mumkin edi, chunki o'shanda u nafaqat «qizil furiya» bilan Evropa chempionligini yutgan, balki o'sha qit'a chempionatining eng yaxshi o'yinchisi deb ham tan olingan. Biroq, bu safar ham futbolchiga omad kulib boqmadi: so'rov natijalariga ko'ra, Inesta atigi 3-o'rinni egalladi va eng nufuzli individual sovrin yana Lionel Messiga nasib etdi. Afsuski, Xavining taqdiri «Barselona»ning yana bir ajoyib yarimhimoyachisiga nasib etdi.

Albatta, o'sha yillardagi Messining o'yini shunchaki hayratlanarli edi, lekin agar u ko'p yillar davomida o'zining aniq aniq uzatmalari bilan ta'minlagan ikkita ajoyib ispaniyalik jamoada o'ynamaganida, bunday yuqori natijalarga erishishi qiyin edi.

3-o'rin: Uesli Sneyder




2010 yilda mashhur Uesli Sneyder «Oltin to'p»ni olishi mumkin edi. Rostini aytsak, agar mukofot Inestaga berilmasa, uni gollandiyalik yarimhimoyachi olishi kerak edi. Ammo, g'alati so'rovnoma natijalariga ko'ra, Uesli faqatgina 4-o'rinni egalladi. Bu esa ko'pchilik tomonidan adolatlik deb topilgan. 2009 yilning yozida Sneyder «Real»dan «Inter»ga o'tdi va «neradzurrilar» bilan ajoyib mavsum o'tkazdi. 2009/2010 yilgi mavsumda Uesli 8 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi, chempionlik, kubok va keyin Italiya superkubogini qo'lga kiritdi.

Gollandiyalik futbolchi Evropa arenasida ajoyib muvaffaqiyatga erishdi. U nafaqat Milan klubi bilan Chempionlar Ligasini yutdi, balki UEFA tomonidan musobaqaning eng yaxshi yarimhimoyachisi deb topildi. 2010 yilning yozida ajoyib pleymeyker o'z jamoasi bilan Janubiy Afrikada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga jo'nab ketdi va u erda o'zining ajoyib o'yini bilan barchani hayratda qoldirdi. Uesli Gollandiya jamoasining haqiqiy etakchisi edi va birinchi navbatda uning harakatlari evaziga lolalar yurti vakillari bilan finalga chiqdi va 5 ta gol urib, dunyoning eng yaxshi musobaqasi to'purarlari ro'yxatida birinchi o'rin oldi.

O'sha yili Sneyderga jamoa darajasida hamma narsani yutish ham etarli bo'lmadi. Inestaning goli Gollandiya terma jamoasi chempionlik orzusini puchga chiqardi.
Ammo, yuqorida aytib o'tganimizdek, butun futbol jamoatchiligini hayratda qoldirgan holda, Lionel Messi 2010 yilgi «Oltin to'p»ni qo'lga kiritdi, o'sha yili argentinalikning jamoaviy yutuqlari faqat La Ligada oltin medali va Ispaniya Superkubogi edi.

4-o'rin: Frank Riberi



2012/2013 yilgi mavsumda ajoyib mavsum o'tkazgan Messi, Ronaldu hamda frantsiyalik vinger Frank Riberi «Oltin to'p» uchun asosiy da'vogarlar bo'lgan.«Bavariya» yarimhimoyachisi o'z jamoasi bilan Bundesliga chempionligi, Germaniya kubogini qo'lga kiritdi va Evropa arenasida Chempionlar ligasida zafar quchdi. Shu bilan birga, mavsumning deyarli barcha uchrashuvlarida Riberi nafaqat ishtirok etdi, balki jamoaning haqiqiy etakchisi va «nemis mashinasi» motori kabi harakat qildi. Natijada, frantsuz barcha turnirlarda 11 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Qolaversa, Frank Riberi UEFA Superkubogini «Bavariya» bilan qo'lga kiritdi va uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

2013 yil oxirida frantsuz vingeri ham jamoasi bilan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqdi va finalning asosiy o'yinchisiga aylandi. Shundan so'ng, u muvaffaqiyat hissi bilan «Oltin to'p» uchun ovoz berish natijalarini kuta boshladi. Ta'kidlash joizki, o'sha yili, Jahon chempionati ham, Evropa chempionati ham bo'lmagan, shuning uchun «Oltin to'p»ni klub futbolidagi yuksak yutuqlari uchun olish mantiqan to'g'ri edi. Shuningdek, o'sha mavsum hech kim o'zini klub darajasida Riberidan yaxshiroq ko'rsatmadi. Ammo so'rov natijalariga ko'ra, frantsuz etakchilardan atigi bir necha foiz ortda qolib, 3-o'rinni egalladi. O'sha kalendar yilida klubi bilan hech narsa yutmagan Krishtianu Ronaldu qo'lga kiritdi.

5-o'rin: Manuel Noyer




Keyingi yillar ichida Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu «Oltin to'p»ni haqli ravishda olishdi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, bu vaqt mobaynida, o'yin darajasi va yutuqlari jihatidan birorta futbolchi ularga yaqinlasha olmadi. Ammo, faqatgina «Bavariya» va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer o'sha mavsumlarda yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga yaqin keldi.
2013/2014 yilgi mavsumda u o'z klubi uchun barcha turnirlarda 51 o'yin o'tkazgan va shulardan 25tasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. 2014 yil boshida Noyer Germaniyada yilning eng yaxshi darvozaboni deb topildi, ammo bu faqat boshlanish edi. Bundesliga oltin va mamlakat kubogini qo'lga kiritgan Manuel o'z jamoasi bilan Mundialga yo'l oldi.

Braziliyada Noyer o'zini butun shon-shuhratida ko'rsatdi. U musobaqaning 7 ta uchrashuvining barchasida qatnashgan va 24 ta seyvni amalga oshirgan. Shu bilan birga, finalni ham hisobga oladigan bo'lsak, u 4ta o'yinda darvozasidan gol o'tkazmagan. Darvozabon uchun yorqin yil yana bir yutuq bilan davom etdi: 2014/2015 yilgi mavsumda Germaniya Bundesligasining birinchi davrasida Noyer 17 uchrashuvda atigi 4ta gol o'tkazib yubordi. Ammo, o'sha yili darvozabon o'ziga xos mahorati bilan ko'proq e'tibor qozondi. Manuel butun dunyoga oxirgi himoyachi, ba'zan esa maydonning boshqa tarafida qanday o'ynashi kerakligini ko'rsatdi. Ammo, yakunda uning yutuqlari va o'ziga xos mahorati uchun nemis kiperi atigi 3-o'rinni egalladi. O'sha yili Krishtianu Ronaldu sovrinlarni qo'lga kiritdi, u jahon chempionatida hech qanday natija ko'rsatmagan va atigi 1 ta gol urdi. Ammo, boshqa tomondan KriRo «Real Madrid» tarkibida Ispaniya kubogi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionligini qo'lga kiritgan edi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»