14.06.2019, 10:20

Uch nafar qilichbozimiz Osiyo chempionatining ikkinchi kunida bahs olib bormoqda


Yaponiyaning Tokio shahrida qilichbozlik bo'yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Bugun ikkinchi kun doirasida erkaklar o'rtasida sablya, ayollar o'rtasida shpaga qurollarida bahslar bo'lib o'tadi.

Ushbu kun dasturlari bo'yicha 3 nafar hamyurtimiz bahs olib borishi belgilab qo'yilgan. Sablyachi yigitlarimizdan Pazilbek Genjebaev hamda Sherzod Mamutov, shpachimiz Malika Hakimova bahslarni davom ettirishmoqda.

Ayni paytga kelib, guruh bosqichi bellashuvlari yakunlandi va hamyurtlarimizning barchasi pley-off bosqichiga muvaffaqiyatli yo'l olishdi.

Читайте также:

Qilichbozlarimizning Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi tarkibi ma'lum

Bugun ikki nafar taekvondochimiz JChda ishtirok etadi

3 nafar kurashchimiz Osiyo chempionatining bronza medali uchun gilamga chiqadi

Qilichbozlarimizdan xushxabar davom etadi

Yosh qilichbozimiz Osiyo chempionatida sovrindor bo'ldi