most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 02:51
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Turkiyalik Messini "Barselona"da nimalar kutmoqda?
  14 Oktyabr, 09:35  15

.

"Barselona" iqtidorlarga eshik ochishda davom etadi. Navbatdagi iste'dod sohibi turkiyalik futbolchi Emre Demir. 17 yoshli turkiyalik yigitcha 2022-yil yozida "Blaugranas" safiga borib qo'shiladi. Bu futbolchi "Kayserispor" tarkibida Turkiya SuperLigasi tarixida gol urgan eng yosh o'yinchiga aylangandi. Bugun aynan mana shu futbolchi haqida sizlarga bir oz ma'lumot berishga harakat qilamiz.

Turkiyadagi debyut


Emre Demir Superligada 15 yoshida debyut qilganidan buyon turkiyalik futbol ishqibozlari o'smir yigitchaning tanlovini kutishayotgan edi.

2019-yil may oyida, "Kayserispor" o'yinchisi tez orada Evropa futbolining eng yorqin futbolchilaridan biriga aylanadi degan umid paydo bo'ldi.
Garchi bir qancha omillar yarim himoyachi hali to'liq porlamaganini bildirgan bo'lsa-da, uning potensiali, hatto, "Kamp Nou"dagilar tomonidan ham ko'zdan kechirildi.

Yoz davomida turli mish-mishlar tarqalgandan so'ng, sentyabr oyida Demirning 2021-22-yilgi mavsum oxirida "Barselona" bilan shartnoma imzolashga rozi bo'lganiligi e'lon qilinadi.
"Blaugranas" Demirni Kataloniyaga olib kelish uchun turk klubiga 2 million evro (1,7 million funt yoki 2,3 million dollar) to'laydi.

 

Futbolga kirib kelishi



U futboldagi ilk saboqlarini tug'ilgan shahri Manisada, mahalliy "Kuvayi Milliespor" jamoasida olgan va undagi iqtidorni 2012-yilda o'sha paytdagi "Kayserispor" boshqaruv kengashi a'zosi bo'lgan Sulaymon Xurma payqagan.
"Men Emrening sakkiz yoshdagi harakatlari tushirilgan videoklipni ko'rdim va u menda katta taassurot qoldirdi", - deydi Hurma "Spor Arena"ga bergan intervyusida. "Men uni va uning oilasini darhol Kayseriga taklif qildim. U "Kayserispor" akademiyasi o'yinchilari bilan tezda chiqishib ketdi va men uning ajoyib iste'dodga ega ekanligini ko'rdim. U yoshroq ko'rinishga ega bo'lgan katta futbolchilarga o'xshardi!"

Bu iste'dod, ko'p o'tmay, 14 yoshgacha bo'lganlar tarkibida 49 o'yinda 49 gol urishga muvaffaq bo'ldi. 16 yoshlilar darajasida 10 gol urib, U-17da o'yin o'tkazmasdan asosiy tarkibga qo'shildi.


"Men Barselonaning akademiyasiga bordim va u erda ikki hafta bo'ldim",–dedi u "Barsa"ga ko'chib o'tishi tasdiqlanganidan keyin "TRT Spor"ga. "Menga u erdagi atmosfera juda yoqdi va o'zimga : "Men bir kun kelib bu formani kiyaman! " - deb va'da berdim. Hozir orzularim amalga oshayotganidan juda xursandman".

Uni "Barselona"da nima kutmoqda?


Xo'sh, Demir "Barselona"ga qanday moslasha oladi? Uning o'yin uslubi, shubhasiz, u "La Masiya" DNKsiga ega ekanligini ko'rsatadi. Garchi u bu erda atigi ikki kunni o'tkazgan bo'lsa ham, u birinchi to'pga ega chiqish, o'yinni yaxshi ko'ra olish, dribling qobiliyati va gol urish pozitsiyalarida o'zini yaxshi his qila olishini isbotladi.
Uzun sochlari va chap oyoqda yaxshi o'ynay olishi bilan Emreni Lionel Messining yoshligi bilan solishtiradiganlar topilmoqda. Demirning o'zi esa Turkiya MTJdagi va "Lill"dagi 10-raqam egasi Yusuf Yazijining o'yinlarini kuzatishi va undan ko'p narsalar o'rganganini aytib o'tgan.

Tabiiyki, e'tibor talab qiladigan kamchiliklar ham mavjud. Ayniqsa, turk vunderkindi o'zining chidamliligi va jismoniy holati ustida ko'proq ishlashi kerak. Agar u, ko'pchilik ishonganidek, orqaroqda qolib, chuqur pleymeyker rolida harakatlanishni istasa, bu jihatlarga e'tibor qaratmaslik katta xato bo'lishi mumkin.
Hozirda, Demir ko'rsatayotgan o'yini bilan uni "RB Leyptsig" hujumchisi Emil Forsberg va Argentinaning sobiq pleymeykeri Pablo Aymarga qiyoshlashmoqda.‌‌ Ko'ramiz yosh iqtidorni Kataloniyada qanday sarguzashtlar kutib turibdi.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»