30.04.2019, 15:30

"Tottenxem" futbolchisi: "Ayaks" — yosh, tezkor, xavfli jamoa"


«Tottenxem» yarim himoyachisi Lukas Moura bugun EChL yarim finali doirasida "Ayaks"ga qarshi kechadigan o'yin haqida gapirdi.

"Men «Ayaks»ning «Yuventus»ga qarshi o'yinini ko'rdim. Gollandlarda yosh va tezkor futbolchilarga ega ajoyib jamoa bor. Ular juda xavfli. O'yin juda qiyin kechadi, ammo o'ylashimcha, biz tayyormiz. Bu Chempionlar ligasi yarim finali. Ikkita yosh jamoa. O'yin qiziqarli kechadi", dedi Moura.

Eslatib o'tamiz, «Tottenxem» hujumchisi Son Xyon-Min bu uchrashuvni sariq kartochkalar tufayli o'tkazib yuboradi. Xarri Keyn esa jarohatidan davolanish bilan band. U finalda o'ynashi mumkin agar jamoa finalga chiqsa.

 

Читайте также:

Karlo Anchelotti: «Ayaks» EChLda g'olib chiqadi, deb o'ylamayman»

Allegri: "Ronalduning "Ayaks"ga qarshi o'ynashi — qiyin masala"

Klopp: "Afsuski, "Tottenxem" juda yaxshi jamoa"

Modrich: "Bizni yosh jamoaga qarshi xavfli o'yin kutyapti"

«MYu» o'z maydonida «Tottenxem»ga yirik hisobda yutqazdi