26.09.2018, 16:00

Toshkentda OFK Ijroqo'mining navbatdagi yig'ilishi boshlandi


Oldinroq xabar berganimizdek, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa Jahon chempionati-2018 vaqtidagi uchrashuvlari chog'ida OFK Ijroqo'mining navbatdagi yig'ilishini Toshkentda o'tkazish uchun kelishib olishgan edi.

Bugun soat 15:00da poytaxtimizdagi “International” mehmonxonasida OFK Ijroqo'mining yig'ilishi boshlandi. Uni OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa ochib berdi. So'ngra, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov so'zga chiqib, Ijroqo'm yig'ilishi qatnashchilarini yurtimizda ko'rib turganidan mamnun ekanini bildirdi.

Umid Ahmadjonov Ijroiya qo'mitasining yig'ilishi tarixda ilk marta O'zbekistonda bo'lib o'tayotgani haqiqatan ham o'zbek futboli uchun tarixiy voqelik ekanini ta'kidlab, buning uchun Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti janob Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifaga alohida minnatdorchilik izhor qildi va yig'ilishda qabul qilingan qarorlar Osiyo futboli rivojiga katta ta'sir ko'rsatishiga ishonishini bildirdi.

Shundan so'ng OFK Ijroqo'mining navbatdagi yig'ilishi o'z ishini boshladi.

Читайте также:

Bugun Toshkentdagi «International» mehmonxonasida OFK Ijroqo'mining yig'ilishi bo'lib o'tadi

OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa Toshkentga tashrif buyurdi

OFK Ijroqo'mining navbatdagi yig'ilishi munosabati bilan Toshkentga martabali mehmonlar tashrif buyurishmoqda

Andijonda mini-futbol maydonchasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

O'zbekiston Milliy terma jamoasi Toshkentda 3ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi