16.05.2019, 15:50

Tomas Bax taekvondo bo'yicha jahon chempionatiga tashrif buyuradi


Xabaringiz bor, ayni kunlarda Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo'yicha navbatdagi jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

18 may kuni bo'ladigan bellashuvlarning eng asosiy tomoshabini Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax bo'ladi. XOQ prezidenti 18 may kuni Manchester shahriga tashrif buyuradi va o'sha kungi bellashuvlarni bevosita arenadan tomosha qiladi.

Bu yilgi jahon chempionati katta qiziqishga sabab bo'lmoqda. Musobaqada 150 mamlakatdan 975 sportchi ro'yxatdan o'tgan. Qolaversa, bellashuvlar 4D kameralar orqali translyatsiya qilinmoqda. Bu esa janglarni 360 gradusdan tomosha qilish imkoniyatini yaratadi.

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi rahbari musobaqaga tashrif buyurar ekan, xulosa qilish mumkin, katta ehtimolda o'sha kungi g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida ham ishtirok etadi. Jahon chempionatining relgamentiga ko'ra, 18 may kuni ishtiroki 17 may sanasiga belgilangan sportchilarning final janglari va ularni taqdirlash marosimi bo'ladi. Taqvimga nazar tashlasak, 17 may kuni vakillarimizdan Madinabonu Mannopova (-49 kg), Zariya Qosimova (-57 kg) va Nikita Rafalovich (-74 kg) bahslarga kirishadi. Vakillarimiz shohsupaga ko'tarilishsa, 18 may kuni Tomas Bax tomonidan taqdirlanishlari mumkin. Umid qilamizki, shunday bo'ladi ham.

Читайте также:

Taekvondo bo'yicha jahon chempionatini g'alaba bilan boshladik

Bugun taekvondo bo'yicha jahon chempionati start oladi

Taekvondochilarimiz jahon chempionatida ishtirok etish uchun Manchesterga yo'l olishdi

Umid Ahmadjonov «Surxon» – «Paxtakor» uchrashuviga tashrif buyuradi

Ertaga jahon futboli yulduzi Roberto Karlos poytaxtimizga tashrif buyuradi