most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 21:42
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
To'lqin Qilichev nima uchun terma jamoa bilan Jahon chempionatiga bormayapti?
  21 Oktyabr, 14:40  155

.

25 oktabr 6 noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo'yicha erkaklar o'rtasida jahon chempionati o'tkaziladi.

Bugun Orient Finance Bank bosh ofisida ushbu jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoamiz vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi va ushbu musobaqada qatnashadigan terma jamoamiz azolari va murabbiylar ro'yxatini rasman malum qildi.

Murrabbiylar ro'yxatidan terma jamoa katta murabbiyi To'lqin Qilichev o'rin olmaganini va Jahon chempionatiga bormayotganini ko'rishimiz mumkin. O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliev bu holatga aniqlik kiritdi. 

«Xabaringiz bor, keyingi yilning yanvar oyida Toshkent shahrida 22 yoshgacha bo'lgan bokschilar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Hozirgi vaqtda biz parallel tarzda Marat Galievich boshchiligida ushbu Osiyo chempionatiga ham tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. 22 yoshlilarning tayyorgarligiga javobgar shaxs sifatida To'lqin Qilichev yurtimizda qoladi. Bokschilarimiz bilan o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Qilichev olib boradi. SHu sababli To'lqin Qilichev Jahon chempionatiga bormaydi ».


Manba: olamsport.com

BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»