13.06.2019, 14:10

Tezkor xabar! Umid Ahmadjonov O'FA Birinchi vitse-prezidentligidan ketdi


Xabaringiz bor, joriy yilning 3 mart kuni Tayland poytaxti Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya kengashining 38-Bosh Assambleyasi (OOK) bo'lib o'tgan va unda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidentligi lavozimiga Markaziy Osiyo mintaqasidan Umid Ahmadjonov saylangandi. 

Shu kungacha O'FA Birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib borgan Umid Ahmadjonov bir vatqning o'zida Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti sifatida ham ishlayotgandi. Ammo chet elga uyushtiriladigan xizmat safarlari ko'pligi bois Umid Ahmadjonov O'zbekiston futbol assotsiatsiyasidan ketishga qaror qildi. 

"Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidentligi nihoyatda mas'uliyatli vazifa. Kelasi  yil Tokioda Olipiya o'yinlari boshlanadi. Mazkur musobaqaga vaqt kam qolmoqda. Xizmat safarlari ko'p. Shu sababdan O'zbekiston futbol assotsitsiyasi vitse-prezidentligidan bo'shash bo'yicha ariza yozdim. 

O'ylashimcha, o'tgan vaqt davomida o'zbek futboli rivoji uchun astoyidil mehnat qilib, qo'limizdan kelgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirdik. Bularning samarasi asta-sekin ko'zga tashlanmoqda. 

Shu o'rinda yurtimizda sport rivojiga, xususan, futbol rivojiga katta ahamiyat qaratib kelayotgan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga, barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berayotgan hukumatimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman", - dedi Umid Ahmadjonov.

Читайте также:

Rasman! Umid Ahmadjonov MOQdan ketdi, lekin O'FAda qoldi

Umid Ahmadjonov Kuala-Lumpurda Janni Infantino bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov: «XOQ tarkibiga kirish uchun bor kuchimni ishga solaman»

Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti bo'ldi

Umid Ahmadjonov Tailandga jo'nab ketdi