09.05.2019, 00:10

Tennischilarimiz xalqaro turnirni g'alaba bilan boshladi


Qozog'istonning Chimkent shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida o'tayotgan "Chellenjer" turnirida dastlabki davra bahslari o'tkazildi.   Unda hamyurtimiz Sanjar Fayziev hindistonlik Arjun Kadxeni 5:7, 7:5, 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratib, ikkinchi davra bahslariga yo'l oldi va rossiyalik Roman Safiullinga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi.   Yakkalik bahslarining ilk bosqichida tennischilarimiz Humoyun Sultonov va Sergey Fomin muvaffaqiyatsizlikka uchradi.   Tennis bo'yicha Tojikistonning Dushanbe shahrida o'smirlar o'rtasida o'tayotgan xalqaro musobaqada Farida Marimova hamda Setora Normurodova dastlabki raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichga yo'l oldi.   O'g'il bolalar o'rtasidagi bellashuvlarda hamyurt tennischilarimiz – Aziz Dadaboev, Berdiyor Mavlonov va Said Akbarov birinchi davradan muvaffaqiyatli o'tdi.   Eslatib o'tamiz, "J5" turkumidagi mazkur musobaqaning yakkalik bahslarida birinchi davra o'yinlari davom etmoqda.

Читайте также:

Namanganda xalqaro turnir davom etmoqda

Qozog'istonda o'zbek derbisi o'tkazilad

Tennischilarimizning raqiblari aniq bo'ldi

Tennis. Sanjar Fayziev Qozondagi musobaqa g'olibi

Tashkent open. Sabina Sharipova dastlabki bosqichda yutqazdi