17.05.2019, 10:20

Tennischilarimiz muvaffaqiyatli odimlamoqda


Tojikistonning Dushanbe shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o'smirlar o'rtasida o'tayotgan turnirda vakillarimiz yakkalik va juftlik bahslarida munosib ishtirok etmoqda.   Musobaqaning ikkinchi davrasida hamyurtimiz Said Akbarov rossiyalik Bogdan Seleznevni 7:6, 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, Maksim Shin yana bir rus tennischisi David Minnivalievni 5:7, 6:4, 6:4 hisobida engdi.   Iste'dodli tennischimiz Samandar Abdumalikovga qarshi kortga chiqqan polshalik Yan Vaydemaer dastlabki setda 7:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va ikkinchi setni davom ettirishdan bosh tortdi. Shuningdek, Aziz Dadaboev rossiyalik Yakov Jornist ustidan 6:2, 2:1 hisobida ustun kelayotgan bir vaziyatda raqibi mag'lubiyatini tan oldi.   Juftliklar o'rtasida ishtirok etgan A.Dadaboev va britaniyalik Danil Veb tandemi yarim final bosqichida S.Abdumalikov va M.Shin duetiga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi. S.Akbarov hamda B.Rasamatov juftligi esa rossiyalik Artyom Gerasimchuk va latviyalik Edvard Teodors Lipinsni sinovdan o'tkazadi.   Qizlar o'rtasidagi yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida Angelina Folts qozog'istonlik Darya Elfimovani 7:6, 6:1 hisobida enggan bo'lsa, Setora Normurodova rossiyalik Elizabeta Stronginani 6:2, 6:4 hisobida taslim qildi. Shu tariqa chorak final bosqichiga yo'l olgan Setora va Angelina navbatdagi bosqichga chiqish uchun o'zaro raqobatlashadigan bo'ldi.   Juftliklar o'rtasida esa yosh tennischilarimiz F.Marimova hamda D.Kornilova, S.Normurodova va rossiyalik D.Yanotovskaya yarim finalga yo'l oldi.

Читайте также:

Setora va Sevilning navbatdagi muvaffaqiyatlari

O'smir tennischilarimiz chorak finalga yo'l oldi

Tennischilarimiz xalqaro turnirni g'alaba bilan boshladi

Namanganda xalqaro turnir davom etmoqda

Qozog'istonda o'zbek derbisi o'tkazilad