17.05.2019, 17:20

Taekvondochi qizlarimiz jahon chempionatini muvaffaqiyatli boshlashdi


Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo'yicha jahon chempionatining uchinchi kun dasturi davom etmoqda. Quvonarlisi, musobaqani qizlarimiz muvaffaqiyatli boshlashdi.

Dastlab Osiyo o'yinlarining finalchisi Madinabonu Mannopova -49 kilogramm vazn toifasida dastlabki jangini indoneziyalik Oqila Ramadanga qarshi o'tkazib, yaqqol ustunlik bilan 23:3 hisobida g'alaba qozondi.

Biroz avval -57 kg vazn toifasida Zariya Qosimova ham birinchi bosqichdan qiyinchiliksiz o'tdi. Senegallik Bineta Didiuga qarshi jang qilgan vakilamiz 17:4 hisobida ustun keldi.

Читайте также:

Bugun uch nafar taekvondochimiz dayanga chiqadi

Taekvondo bo'yicha jahon chempionatini g'alaba bilan boshladik

Bugun taekvondo bo'yicha jahon chempionati start oladi

Yunon-rim kurashi ustalari Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshlashdi

Shahnoza Yunusova tojikistonlik raqibasini mag'lub etdi