19.01.2019, 13:10

«Surxon» «Paxtakor» futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi

Yangi mavsum oldidan yaxshigina tarkib shakllantirishga urinayotgan Termizning “Surxon” klubi safida bir qator yangi futbolchilar ko'rikda bo'lib turishibdi.

Bir necha yillardan beri Toshkentning "Paxtakor" jamoasida to'p surib kelgan iqtidorli futbolchi Doston Ibragimov "Surxon" jamoasi safiga kelib qo'shildi.

Shuningdek, o'tgan mavsumni Namanganning “Navbahor” jamoasida o'tkazgan tajribali chap qanot himoyachisi Ilxom Boydedaev ham “Surxon” jamoasining umumiy mashg'ulotlariga qo'shildi. Ilxom kichik jarohati sababli ikki kun davomida individual tarzda mashg'ulotlarni olib borgan edi. Kechadan ushbu futbolchi ham umumiy mashg'ulotlarga qo'shildi.

Klub matbuot xizmatining ma'lumot berishicha, o'tgan mavsumda "Navbahor" jamoasida o'zining ajoyib o'yinlari bilan muhlislar qalbidan joy olgan serbiyalik tajribali ximoyachi Darko Stanoevich hamda AGMK jamoasida to'p surgan ximoyachi Vladimir Bubanya tez kunlarda “Surxon” mashg'ulotlariga kelib qo'shilishi kutilmoqda. Hozirda ushbu futbolchi bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Mavzu bo'yicha:

Sherzod Karimov «Surxon» jamoasi mashg'ulotlariga kelib qo'shildi

«Surxon» «Paxtakor» bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi!

Ilxom Mo'minjonov boshchiligidagi «Surxon» Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshladi

Mo'minjonov qachondan ish boshlaydi?

«Surxon» klubiga yangi bosh murrabiy tayinlandi