14.06.2019, 07:10

Super nokaut! Bektemir Meliqo'ziev qay tarzda raqibini nokautga uchratdi? (VIDEO)


Professional boksning super o'rta (-76,2 kg) vazn toifasida faoliyatini boshlagan o'zbekistonlik Bektemir Meliqo'ziev (1-0, 1 KO) debyut jangini muvaffaqiyatli o'tkazdi.

Hollivudda bo'lib o'tgan jangda Bektemirga argentinalik Martin Fidel Rios (23-20-4, 13 KO) raqiblik qildi. Jangning birinchi raundidayoq Bektemir tomonidan berilgan dastlabki kuchli zarba Riosni erga qulatdi va hakam sof nokaut qayd etdi.

Qayd etish lozim, argentinalik bokschi uzoq vaqt o'ziga kela olmay o'rnida turv olmadi. Shunday qilib Meliqo'ziev o'zining debyut jangida g'alaba qozondi.

Читайте также:

Bektemir Meliqo'ziev birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi

Bektemir Meliqo'zievning ilk raqibi Azizbek Abdug'ofurovga engilgan bokschi bo'ladi

Bektemir Meliqo'zievning debyut jangi muddati va manzili ma'lum bo'ldi

Bektemir Meliqo'ziev AQShga jo'nab ketdi

Bektemir Meliqo'ziev professional boksga o'tmoqchi