17.05.2019, 11:51

«Sport yulduzining kutilmagan tashrifi!»


Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan poytaxt yoshlarini sport qiziqtirish maqsadida “Sport yulduzining kutilmagan tashrifi!” loyihasi amalga oshirilayotgani haqida xabar bergan edik.

Unga ko'ra yuqori natijalarga erishgan, professional sport yulduzlari kutilmaganda ta'lim muassasalariga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashadilar.

Joriy yilning yanvar oyida loyihaning ilk ishtirokchi-mehmoni - boks bo'yicha Olimpiya o'yinlari g'olibi Fazliddin G'oibnazarov Olmazor tumanidagi 224-maktab o'quvchilari bilan suhbatlashgan edi.

Keyinchalik yana bir qator mashhur sportchilarimiz mazkur loyihada ishtirok etishdi. Shuningdek, 5 may kuni “Ekopark” hududida “Sport yulduzlari poytaxt yoshlari bilan” shiori ostida ommaviy sport tadbiri o'tkazildi.

Kecha, 16 may kuni Olimpiada va jahon chempionati sovrindori, professional boksda “WBA InterContinental” kamari sohibi Murodjon Axmadaliev hamda jahon chempionati sovrindori, ikki karra Osiyo chempionati g'olibi, professional boksda “NABF Junior” titul kamari sohibi Bahodir Jalolov Uchtepa tumanidagi 74-maktabga tashrif buyurishdi.

Bayramona ruhda o'tgan uchrashuvda chempionlarimiz yoshlar bilan samimiy suhbat qurib, ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi. Sportning foydali jihatlarini o'z misolida isbotlab bergan mahoratli bokschilarimiz, o'g'il-qizlarga jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish bo'yicha o'z tavsiyalarini ham berishdi.

Tadbirga shuningdek, tumandagi sport sektsiyalari tarbiyalanuvchilari taklif etilib, ular tengdoshlariga o'z mahoratlarini va erishgan natijalarini namoyish etishdi.

Ushbu loyiha ham Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusdan biri bo'lgan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish ishlarini jadallashtirishga qaratilgan.

Читайте также:

Sport yulduzlari Toshkent yoshlarini ommaviy sportga chorlamoqda

Farg'onada «Kelajagimiz umidlari» shiori ostida mini futbol festivali o'tkazilmoqda

Endi jismoniy tarbiya o'qituvchilari muassasa rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadi

Fazliddin G'oibnazarovga «Jismoniy tarbiya va sport a'lochisi» ko'krak nishoni topshirildi

Shahram G'iyosovga «Jismoniy tarbiya va sport a'lochisi» ko'krak nishoni topshirildi