Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 12:26
KirishRo'yxatdan o'tish
Shuxrat Maqsudov: «O'ylaymanki hammasi iziga tushib ketadi»
  8 Aprel, 21:50  6

.

Superliga 5 turidan o'rin olgan bahsda "Bunyodkor" - "So'g'diyona" bilan 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekdi. Uchrashuvdan so'ng, mezbonlar bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov fikr bildirdi.

O'yinning qiyin o'tishi oldindan ma'lum edi. Chunki, «So'g'diyona» barqarorlik namoyish etmoqda.
Birinchi bo'limda kutganimizdik o'yin namoyish eta olmadik.Futbolchilar faol harakat qilishgan bo'lsada, o'yinimiz qovushmadi.

Ikkinchi taymda esa, barchasi bizning nazoratimizda bo'ldi.
Mavsum avvalida 6 ta asosiy futbolchimiz jamoani tark etdi. Shu sabab ularning o'rnini to'ldirish qiyin bo'lmoqda.

Ammo, barchasi asta-sekin iziga tushib ketadi deb o'ylayman. Jamoamizga hozirda homiylik masalasida yaxshi yordam bo'lmoqda. Davralar oralig'ida kadrlar borasidagi holatni yaxshilashga harakat qilamiz.

Darvozabonda bir nechta xatolar bo'layotgani ko'rinib turibdi. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Bu borada ham ishlayapmiz.

Norxonov bosh bilan yaxshi o'ynashini bilsakda, uni biroz e'tibodan qochirganimiz sabab gol o'tkazib yubordik», - dedi «qaldirg'ochlar» ustozi Shuhrat Maqsudov.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»