16.05.2019, 21:10

Shota Arveladze: «Raqibga aslo imkon qoldirmadik»


“Andijon” – “Paxtakor” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Shota Arveladze quyidagicha fikr bildirib o'tdi:  

- Bugun raqibga aslo imkon qoldirmadik. Bugun bizda kamida 5-6 ta yuz foizli qulay imkoniyatlar bo'ldi. Agar ulardan foydalanganimizda birinchi bo'limning o'zidayoq kamida 2 ta gol urishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo'limda ham 3-4ta yaxshi vaziyatga ega bo'ldik. Asosiysi g'alaba qozondik. Taqvimimiz biroz zich, bilasiz. Tez-tez o'yin o'tkazayapmiz, safarlar, parvozlar yigitlarga albatta ta'sir o'tkazmay qolmaydi. Lekin shunday bo'lsa-da yaxshi saviyada o'ynashga intilyapmiz. Yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman, -dedi mutaxassis.

Читайте также:

Shota Arveladze: «Ikki xil taymlar guvohi bo'ldik»

Shota Arveladze: «Kutganimdek ancha murakkab o'yin bo'ldi»

Shota Arveladze: «Masharipovga qarshi alohida o'yinchi qo'yishmoqda, ammo u qanday o'ynashni yaxshi biladi»

Shota Arveladze: «Birinchi bo'limdayoq o'yin taqdirini hal etishimiz mumkin edi»

Shota Arveladze: «Standart vaziyatlarda yaxshi harakat qildik»