18.01.2019, 08:10

Sherzod Karimov «Surxon» jamoasi mashg'ulotlariga kelib qo'shildi

Bu yili o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan Termizning "Surxon" jamoasi o'z safini yana bir mahoratli ftbolchi bilan to'ldirdi.

Toshkentning "Paxtakor" va Namanganning "Navbahor" jamoalarida o'zining ajoyib o'yinlari bilan muhlislar qalbidan joy olgan, tajribali futbolchi Sherzod Karimov "Surxon" jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Surxon" jamoasi mashg'ulotlarida shuningdek: tajribali futbolchilar Azam Aliev, Dilshod Jabborov, Salamat Quttiboev, Azamat Allaniyazov, Ayubxon Nomonov, Aslbek Omonovlar ham ishtirok etmoqdalar.

"Surxon" jamoasi bu bilan ham chegaralanib qolmoqchi emas. Yaqin kunlar ichida muhlislarimizni yana bir ajoyib yangilik kutmoqda. Jamoa o'z safini yana bir qator mahoratli futbolchilar bilan to'ldirmoqchi. Bu futbolchilar kim ekan deya qiziqayapsiz-mi? Unda bizni kanalimizni kuzatishda davom eting!

"Surxon" PFK matbuot xizmati

Mavzu bo'yicha:

«Surxon» «Paxtakor» bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi!

Ilxom Mo'minjonov boshchiligidagi «Surxon» Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshladi

«Surxon» 2019-yilgi mavsum uchun tayyorgarlikni boshladi!

«Mash'al»: Tayyorgarlik boshlandi

«Surxon» klubiga yangi bosh murrabiy tayinlandi