12.06.2019, 13:10

«Sherdor» va «Iftixor» jamoalariga texnik mag'lubiyat yozildi


Bugun A Pro-liga ishtirokchi klublari 10-tur doirasidan o'rin olgan bahslarni o'tkazishadi.

Lekin shu kunga qadar ham PFL oldidagi majburiyatlarini hamon to'la bajarmay kelayotgan klublar ham yo'q emas.

Jumladan, “Sherdor” hamda “Iftixor” jamoalari badal pulini hamon to'lab ulgurgani yo'q. Professional futbol ligasi Sport musobaqalarini o'tkazish va klublarni nazorat qilish boshqarmasi yuqoridagi klublarga mazkur masalani yaqin vaqt ichida hal etish uchun ogohlantirish xati yuborgan edi. Biroq klublar tomonidan zarur harakatlar amalga oshirilmadi. 

Shu sababdan “Istiqlol” – “Sherdor” uchrashuvida Samarqand klubiga texnik mag'lubiyat yozildi. Shuningdek, “Oq-tepa” – “Iftixor” o'yinida Oltiariq jamoasiga texnik mag'lubiyat yozildi. 

Читайте также:

PFL yana bir Pro-Liga klubiga texnik mag'lubiyat yozdi

«Ittifoq Buxoro» klubiga yana texnik mag'lubiyat yozildi

«Ittifoq Buxoro» jamoasiga texnik mag'lubiyat yozildi

“Zarangari” jamoasiga uchrashuvga etib kelmaganligi sabab texnik mag'lubiyat yozildi

«Yozyovon» jamoasiga texnik mag'lubiyat yozildi